Shifokorga savol

Savol-javob

Eng koʻp berilgan savollar

SkriningKoʻkrak bezi saratoni skriningi nima uchun kerak?

Skrining – bu Koʻkrak bezi saratonini ilk bosqichda, hali alomatlar paydo boʻlmasdanoq aniqlashga yordam beradigan tekshiruv. Ogʻriq yoki hech qanday shikoyat boʻlmasa ham koʻkrakni tekshiruvdan oʻtkazib turish muhim. Kasallik qanchalik erta aniqlansa, uni muvaffaqiyatli davolash imkoniyati yuqori boʻladi.

Toʻliq maqola

SkriningSkriningni qaysi yoshda oʻtish kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-402-son qaroriga muvofiq, 30 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan ayollarning har ikki yilda bir marta skriningdan oʻtishi koʻzda tutilgan. Birinchi bosqichda tibbiyot xodimi tomonidan koʻrik oʻtkaziladi. 30–44 yoshdagi ayollarda sut bezlari ultratovush tekshiruvi, 45 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan ayollarda esa mammografiya yordamida tekshiriladi.

Toʻliq maqola

SkriningAgar tekshiruv saratonga shubha borligini koʻrsatsa, keyin nima qilish kerak?

Sarosimaga tushmang, ammo keyingi tekshiruvlarni ham kechiktirmang. Skrining natijasi hali sizda saraton bor degani emas. Shifokor qoʻshimcha tekshiruvlar, masalan, UTT, mammografiya yoki biopsiya – tahlil uchun kichik toʻqima namunasini olishni tayinlashi mumkin. Aynan toʻqimani tekshirish tashxisni tasdiqlash yoki inkor etish imkonini beradi.

Toʻliq maqola

SkriningBachadon boʻyni saratoni skriningi nima uchun kerak?

Skrining – bu saratonoldi oʻzgarishlarini yoki kasallik belgilarini alomatlar paydo boʻlishidan oldin aniqlashga yordam beradigan tekshiruv. U oʻzgarishlarni erta bosqichda aniqlash va davolashni oʻz vaqtida boshlash imkonini beradi. Ayol oʻzini yaxshi his qilsa va unda hech qanday shikoyatlar boʻlmasa ham, shifokor tavsiyalariga muvofiq tekshiruvdan oʻtib turishi muhimdir.

Toʻliq maqola

SkriningSkriningdan oʻtish kimlarga tavsiya qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga muvofiq, davlat dasturi doirasida 30, 40 va 50 yoshli ayollar bachadon boʻyni saratoni skriningiga jalb etiladi: OPV (odam papillomavirusi) testi oʻtkaziladi, musbat natijada suyuqlik asosidagi sitologiya qilinadi. Natija manfiy boʻlsa, keyingi rejali tekshiruv 10 yildan keyin. Tekshiruv joyi va muddatlarini oilaviy poliklinikadan aniqlash mumkin.

Toʻliq maqola

SkriningAgar tekshiruv shubhali natija koʻrsatsa, nima qilish kerak?

Vahimaga tushmang: OPV boʻyicha musbat test yoki skrining natijasidagi oʻzgarishlar sizda saraton bor degani emas. Shifokor qoʻshimcha tekshiruvlarni, masalan, kolposkopiya – bachadon boʻynini kattalashtirib koʻrish, yoki tahlil uchun toʻqimaning kichik namunasi olinadigan biopsiyani tayinlashi mumkin. Tekshiruv natijalariga koʻra shifokor davolanish zarur yoki yoʻqligini va aynan qanday muolaja kerakligini belgilaydi.

Toʻliq maqola

Yoʻnalishlar

Kerakli boʻlimni tanlang

Har bir yoʻnalishda — belgilar, skrining, davolash va qoʻllab-quvvatlash haqida.

Savol berish

Javob topmadingizmi?
Mutaxassisdan soʻrang

Savolingizga shifokor javob beradi. Ismingiz va kontaktlaringiz oshkor qilinmaydi.

Telefon yoki e-mail. Shifrlangan holda saqlanadi, javobdan 90 kun oʻtgach oʻchiriladi.

Maxfiylik siyosati

Ism va aloqa maʼlumotlari hech qachon eʼlon qilinmaydi. Aloqa maʼlumotlari javobdan 90 kun oʻtgach oʻchiriladi.

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.