Yakuniy sessiya: hayot, hamdardlik va insoniylik haqida

“Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi yakuniy sessiyasida tibbiyot, psixologiya va insoniy qoʻllab-quvvatlashning birlashgan kuchi muhokama qilindi.

✅ Mutaxassislar bemor va shifokor oʻrtasidagi ishonch, multidissiplinar yondashuv, palliativ yordam hamda onkopsixologiyaning ahamiyatini taʼkidladilar. Ruhiy barqarorlik, hamdardlik va eʼtibor davolanish jarayonining ajralmas qismi ekani qayd etildi.

🏥 Shuningdek, bemorlar hayot sifatini yaxshilash uchun xospislar, psixologik markazlar va tibbiy brigadalar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi bildirildi.

❗️Bu yakun emas, balki yangi bosqichning boshlanishi. Forumda biz bilan boʻlganingiz uchun rahmat!

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.