Tibbiyotdagi har bir yangi bilim – hayotni saqlash sari qoʻyilgan qadam
Bugun “Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi doirasida Turkiyalik taniqli onkoginekolog, tibbiyot fanlari doktori Doğan Vatansever tomonidan bachadon boʻyni va tuxumdonlari saratonini davolashga bagʻishlangan mahorat darsi oʻtkazildi.

U oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashar ekan, haqiqiy jarrohlik amaliyotidan videolavhalar asosida davolash jarayonining har bir bosqichini batafsil tushuntirib berdi.
Shuningdek, zamonaviy jarrohlik yondashuvlari, xalqaro amaliyotdagi ilgʻor tajribalar va multidisiplinar yondashuvning ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Bunday uchrashuvlar – nafaqat oʻqish yoki tajriba almashish, balki ayollar salomatligini himoya qilish yoʻlida yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi muhim muloqotdir.