Tibbiy koʻrik tartibi
Har bir ayol oʻz sogʻligʻidan hotirjam boʻlishni istaydi. Bunga olib boruvchi yoʻl oson va tushunarli boʻlishi uchun PQ-402-sonli qaror bilan birlamchi koʻrikdan tortib zarur yordam olishgacha yagona tibbiy koʻrik tartibi tasdiqlandi.

1️⃣ Oilaviy poliklinika.
Jarayon shu yerdan boshlanadi: soʻrov oʻtkaziladi, patronaj hamshirasi tomonidan roʻyxatga olinadi. Ayol bachadon boʻyni saratoni (BBS) yoki koʻkrak bezi saratonini (KBS) erta aniqlash skriningi uchun yoʻllanma oladi.
2️⃣ Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika (Onkonazorat kabineti).
Bu bosqichda ginekolog koʻrigi, OPV testi va koʻkrak bezlari uchun palpatsiya oʻtkaziladi. Agar shubha tugʻilsa, mammografiya, UTT yoki Pap-tahlili tayinlanadi.
3️⃣ Viloyat ixtisoslashtirilgan markazi.
▫️ KBSni erta aniqlash: agar mammografiya yoki UTTda oʻzgarishlar aniqlansa, bemor “yashil yoʻlak” orqali Onkologiya va radiologiya markazining filialidagi onkomammolog qabuliga yoʻnaltiriladi.
▫️ BBS skriningi: agar Pap-tahlilda oʻzgarishlar aniqlansa, bemor Onalar va bolalar salomatligi markazining filialiga kolposkopiya uchun yuboriladi. Zarurat tugʻilganda biopsiya oʻtkaziladi va saratondan oldingi holatlar davolanadi.
4️⃣ Onkologiya va radiologiya markazi.
Bu bosqichda onkolog shifokorlar tomonidan maslahatlar oʻtkaziladi, qoʻshimcha tahlillar olinadi va yakuniy tashxis aniqlanadi.
▫️ KBS: biopsiya, gistologiya, IGX
▫️ BBS: gistologiya, IGX
Soʻng shifokorlar konsiliumi davolash strategiyasini belgilaydi.
Yoʻl bitta — salomatlikka eʼtiborli boʻlish.