Sogʻligingiz oʻz qoʻlingizda: OPVga qarshi vaksina oling!

Odam papilloma virusi (OPV) — dunyodagi eng keng tarqalgan viruslardan biri. Uning ayrim turlari vaqt oʻtishi bilan bachadon boʻyni saratonining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

OPVga qarshi emlash oʻzingizni va farzandlaringizni himoya qilishning oddiy va samarali usuli. U virusga qarshi immunitet hosil qiladi va onkologik kasalliklar rivojlanishining oldini oladi.

💗 Oʻzbekistonda 9–14 yoshli qizlar uchun ushbu emlash bepul amalga oshiriladi. Xalqaro tajribalar oʻgʻil bolalarni ham emlash jamiyatda OPV tarqalish xavfini kamaytirishga yordam berishini koʻrsatmoqda

🙏🙏 Salomatligimizga eʼtiborli boʻlish barchamizning masʼuliyatimizdir!

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.