Panel muhokamalari davom etmoqda: “Koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratonini davolash – muammolar va imkoniyatlar”

“Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi doirasida bugun zamonaviy onkologik yondashuvlar, xalqaro tajriba va milliy tibbiyot amaliyotini uygʻunlashtirishga bagʻishlangan navbatdagi panel muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Muhokamada Oʻzbekiston, Rossiya va Turkiyadan kelgan yetakchi mutaxassislar — Dilfuza Alieva, Vladimir Vorotnikov, Dogan Vatansever va Kamila Izrailbekova oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Muhokama davomida aʼzoni saqlab qoluvchi operatsiyalar, zamonaviy kimyoterapiya protokollari, rekonstruktiv jarrohlik imkoniyatlari va xalqaro standartlarni mahalliy amaliyotga tatbiq etish yoʻllari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar — tibbiy hamkorlik, ilmiy yangilik va ayollar salomatligini saqlash yoʻlidagi muhim qadamdir. Chunki bilim almashish – hayotni saqlashning eng kuchli vositasidir.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.