Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish endi har qachongidan oson

Oʻzbekistonda bachadon boʻyni va koʻkrak saratonini nazorat qilish boʻyicha 2025–2030-yillarga moʻljallangan Milliy dastur ishga tushirildi. Dastur oʻtgan yili Prezident qarori bilan tasdiqlangan.

Uni Oʻzbekiston va xorijlik mutaxassislar dalillarga asoslangan tibbiyot va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqishgan. Maqsad — har bir ayol profilaktika, erta tashxis, davolash va qoʻllab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanishda teng huquqli boʻlishi.

🎯Asosiy maqsadlar:
• profilaktika, erta skrining va diagnostika
• davolanish va ayollarni qoʻllab-quvvatlash imkonini kengaytirish
• psixologik va palliativ yordam koʻrsatish

📈Rejalar:
• 70 % dan ortiq ayollarni erta diagnostika bilan qamrab olish
• 90 % bemorlar shifo topishiga erishish
• holatlarning 60–70 % ini erta bosqichda aniqlash

📌Skrining quyidagi yosh toifasidagi ayollarda bepul oʻtkaziladi:
— 30, 40 va 50 yoshda — bachadon boʻyni saratoni uchun
— 30–65 yoshda — koʻkrak saratoni uchun

🩺Tibbiy koʻriklar poliklinikalarda va Onkologiya markazlarida “yashil yoʻlak” orqali oʻtkaziladi. Bemorlarni raqamli reyestr orqali kuzatib, kerakli tavsiyalar berib boriladi.

🙏🙏 Oktyabr bizga oʻz sogʻligʻimizga gʻamxoʻrlik qilish va muntazam tekshiruvdan oʻtish naqadar muhimligini eslatmoqda.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.