Onkolog-mammolog qabulidagi bepul koʻriklar qanday oʻtdi?
Soʻnggi kunlarda Onalar va bolalar salomatligi markazida oʻnlab ayollar bepul koʻrikdan oʻtib, mutaxassislar maslahatini olishdi va oʻziga gʻamxoʻrlik qilish oddiy qadamlardan boshlanishiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi.
📌Erta tashxis va muntazam koʻrik — eng samarali profilaktika usuli.
— 30 yoshgacha muntazam ginekolog koʻrigi
— 30–44 yoshda sut bezlarining UTT (UZI) tekshiruvi
— 45–65 yoshda mammografiya
🙏🙏 Sogʻligingiz — oʻz qoʻlingizda. Ginekolog koʻrigidan oʻtishni ortga surmang: hech boʻlmaganda yiliga bir marta koʻrikdan oʻting va shifokordan koʻkrak bezlarini palpatsiya orqali tekshirishini soʻrang.
🙏🙏 Erta aniqla — hayotni saqla shiori barchamizning masʼuliyatimizga aylandi.