Oktyabr yakuniga yetdi, ammo bizning saratonga qarshi kurashimiz davom etadi

Bu oy davomida biz siz bilan profilaktika, erta tashxis va salomatlikka eʼtibor kabi eng muhim mavzular haqida gaplashdik. Ammo oʻzingizga gʻamxoʻrlik oktyabr yakunlanishi bilan toʻxtab qolmasligi kerak.

Erta tashxis va muntazam koʻrik eng samarali profilaktika choralaridir.

Koʻkrak bezi saratonining oldini olish uchun:
— 30 yoshgacha doimiy ginekolog koʻrigidan oʻting
— 30–44 yoshda koʻkrak bezlarini UTT orqali tekshirtiring
— 45–65 yoshda mammografiya tekshiruvidan oʻting

🙏🙏30–65 yoshdagi ayollar koʻkrak bezi saratoniga tekshiruvdan bepul oʻtishlari mumkin. 2025-yildan boshlab esa Oʻzbekistonda ginekologlar tomonidan koʻkrakni klinik tekshirish ham amalga oshiriladi. 25 yoshdan boshlab har yili koʻrikdan oʻtish tavsiya etiladi.

Bachadon boʻyni saratonining oldini olish uchun:

Eng birinchi qadam — OPV testi, u kasallik belgilari paydo boʻlishidan ancha oldin virusni aniqlash imkonini beradi.

🙏🙏Skrining tegishli yoshdagi ayollar uchun bepul amalga oshiriladi: 30, 40 va 50 yoshdagi ayollar OPV testidan oʻtishlari mumkin.

💗Shifokorga tashrifni kechiktirmang: har yili ginekolog koʻrigidan oʻting va undan koʻkrak bezlarini palpatsiya yoʻli bilan tekshirishni soʻrang.

Erta aniqla — hayotni saqla! Bu shior har birimizning masʼuliyatimizdir.

_

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.