Multidisiplinar onkologlar jamoasi uchun AQShda tajriba oshirish imkoni

Zamonaviy tibbiyot onkologik kasalliklarni turli yoʻnalishdagi mutaxassislar birgalikda ishlagan holda yanada samaraliroq davolash mumkinligini koʻrsatmoqda.

Bunday jamoaga onkologlar, jarrohlar, radiologlar, kimyoterapevtlar va tibbiy fiziklar kiradi. Ular birgalikda bemorning holatini baholaydi, tekshiruv natijalarini muhokama qiladi va har bir bosqichi puxta rejalashtirilgan individual davolash rejasini ishlab chiqadi.

Bu yondashuv sogʻayish imkoniyatini oshiradi, qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi hamda turli davolash uslublari oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi.

💥 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) tashabbusi bilan Respublika onkologiya va radiologiya markazida birinchi multidisiplinar jamoa tashkil etildi. 2025-yil noyabr oyida ushbu jamoa AQShdagi Huntsman Cancer Institute markazida bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini davolash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida stajirovka oʻtaydi.

💗 Bu Oʻzbekistonda ayollar salomatligini yaxshilash va eng ilgʻor xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish yoʻlidagi muhim qadam.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.