Koʻkrak bezi saratoni diagnostikasi – bu juda muhim!
Qizlar, sogʻligʻimizni tekshirib turish bizning qoʻlimizda. Koʻkrak bezi saratoni erta aniqlansa, davolash osonroq. Shuning uchun, oʻzingizni tekshirib, baʼzida professional diagnostika oʻtish zarur.
✨ Diagnostika usullari:
✔️ Mammografiya – 40 yoshdan boshlab, har ikki yilda bir marta. Tez, ogʻriqsiz, bir necha daqiqa.
✔️ Koʻkrak bezi UZD – yosh ayollar uchun. Tez va ogʻriqsiz.
✔️ MRT – yuqori xavf guruhidagi ayollar uchun. Ogʻriqsiz, biroz koʻproq vaqt oladi.
✔️ Biopsiya – shubhali oʻsmalar aniqlansa, toʻqima namunasi olish.
💗 Narxi goʻzallik saloni xizmatlariga teng, jarayonlar tez va ogʻriqsiz.
Profilaktika – hayotni saqlashning oson yoʻli.
💖 Oʻzingizni asrang! Har oyda oʻzingizni tekshirib, shubha boʻlsa, mutaxassisga murojaat qiling.
Har bir ayol oʻz hikoyasini boʻlishsa, bir-birimizga yordam bera olamiz.
💌 Agar oʻz hikoyangiz boʻlsa, bizga yozing!