Kimlar koʻkrak bezi saratoni xavf guruhiga kiradi?

Koʻkrak bezi saratoni ayollarda eng koʻp uchraydigan saraton turi hisoblanadi, ammo muntazam tekshiruvlar va salomatlikka eʼtiborli boʻlish kasallikni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi.

Xavf guruhiga koʻkrak bezi saratoni rivojlanish ehtimolini oshiradigan muayyan irsiy, gormonal yoki tashqi omillar sababli moyil boʻlgan ayollar kiradi.

📌Erta tashxis va muntazam koʻrik — eng samarali profilaktika usuli.

— 30 yoshgacha muntazam ginekolog koʻrigi
— 30–44 yoshda sut bezlarining UTT (UZI) tekshiruvi
— 45–65 yoshda mammografiya

🙏🙏 2025-yildan boshlab Oʻzbekistonda koʻkrak bezlarini klinik koʻrikdan oʻtkazish ginekologlar tomonidan amalga oshiriladi. 25 yoshdan boshlab har yili koʻrikdan oʻtish tavsiya etiladi.

❕Erta aniqla — hayotni saqla! Bu barchamizning masʼuliyatimizdir.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.