Jurnalistlar uchun sessiya: Soʻz – salomatlikka xizmat qilganda

“Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi doirasida jurnalistlar uchun maxsus sessiya tashkil etildi. Unda OAV vakillari saraton mavzusini yoritishda toʻgʻri atamalar, umidbaxsh yondashuv va insoniylik ruhi haqida bahs yuritdilar.

Sessiyada OAV vakillariga “onkobemor ayollar” kabi salbiy tusdagi atamalarni “saraton kasalligi boʻyicha davolanayotgan ayollar” kabi ijobiy, hurmatli ifodalarga almashtirish, “qoʻrqinchli kasallik” oʻrniga “vaqtida aniqlansa, davolanadigan kasallik” deb atash zarurligi eslatib oʻtildi.

Saraton – hukm emas, erta tashxis qoʻyilsa, davolanadigan kasallikdir. Muhimi, jamiyat qoʻllab-quvvatlasa, tibbiyot zamonaviy yondashuv bilan ishlasa va axborot toʻgʻri yetkazilsa, har bir ayol oʻz salomatligi ustidan nazoratni qoʻlga oladi.

Jurnalistlar sessiyasi soʻzning kuchi hayotni asrashga, umidni tarqatishga va ijtimoiy ongni oʻzgartirishga xizmat qilishi mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.