Erta aniqla — hayotni saqla!
Bachadon boʻyni saratoni va koʻkrak bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan hisoblanadi. Ammo ularning oldini olish mumkin: profilaktika va erta tashxis haqiqatan ham hayotni saqlab qoladi.
Oktyabr oyida Oʻzbekiston boʻylab yuz minglab ayollar “Erta aniqla — hayotni saqla” dasturida ishtirok etib, tekshiruvlardan oʻtdilar, profilaktika haqida maʼlumot oldilar, bir-birlarini qoʻllab-quvvatladilar.
🙏 Biz yolgʻiz emasmiz! Kafelar, aviakompaniyalar, goʻzallik salonlari, tibbiyot markazlari, rassomlar va jamoat tashkilotlari birlashib, ayollar uchun eʼtibor, gʻamxoʻrlik va ishonch muhitini yaratishda koʻmaklashishdi.
Har bir hamkorga, har bir shifokorga va oʻz sogʻligʻi yoʻlida olgʻa qadam tashlagan har bir ayolga minnatdorlik bildiramiz.
💗 Oktyabr yakunlanmoqda, ammo oʻzimizga boʻlgan gʻamxoʻrligimiz davomiy boʻlsin!