“Erta aniqla — hayotni saqla” nomli koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratoni haqida xabardorlik oyligi faol davom etmoqda
Qisqacha maʼlumot: ✅ 13–15 oktyabr — Respublika onalar va bolalar salomatligi markazida bepul koʻrik: palpatsiya, UTT va mammografiya.

✅ Hamkor savdo tarmoqlarida yaqin kunlarda keng koʻlamli aksiyalar boshlanadi: saraton haqida flayerlar, LED ekranlarda videoroliklar va qutilarda QR-kodlar (Korzinka, Safiya, Bon kafe tarmoqlari va boshqalar).
✅ Koʻkrak bezi saratoni bilan yashayotgan ayollar uchun “Ozbechka” goʻzallik salonida yangi obraz yaratish imkoniyati mavjud.
Roʻyxatdan oʻtish boshlandi: +998 33 385 39 09
✅ Ushbu ayollar surati Nataliya Ilina (oʻzi ham saraton bilan kurashayotgan ayol) fotokoʻrgazmasiga asos boʻldi.
📍 15–20 oktyabr — Toshkent fotosuratlar uyida,
📍 25 oktyabr — forumda,
📍 26 oktyabr – 8 noyabr — “Bonum Factum” galereyasida.
✅ 25 oktyabrdan boshlab saraton bilan kurashayotgan ayollar uchun psixologik qoʻllab-quvvatlash dasturi start oladi. 3 nafar onkopsixolog oʻzbek tilida va 1 nafar rus tilida guruhlar tuzmoqda. Koʻkrak bezi saratoni bilan kurashayotgan ayollarni onlayn va oflayn formatdagi bepul seminar va treninglarda ishtirok etishga chorlaymiz.
Roʻyxatdan oʻtish: @insight_onco +998 99 287 33 53
t.me/Insight_psixologiya
✅ 25 oktyabr — onkologiya boʻyicha katta forum: onkologlar, ginekologlar va koʻkrak saratoni bilan kasallangan bemorlar ishtirok etadi.
❕Maʼlumotni imkon boricha koʻproq tarqating — u kerakli insonlarga yetib borsin!