Erta aniqla — hayotni saqla” forumiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi!
Forum ayollar salomatligi hamda koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratonining oldini olish kabi eng muhim mavzularga bagʻishlanadi. Tadbir onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan PP-402 davlat dasturi doirasida oʻtkazilmoqda.

🤝 Birdamlik — shifokorlar, davlat tashkilotlari, xalqaro hamkorlar va bemorlar birgalikda yechim izlaydilar.
🌸 Ilhomlantiruvchi lahzalar — hayotiy hikoyalar, yangi gʻoyalar va salomatlik madaniyati sari yangi qadamlar.
📅 2025-yil, 25-oktabr
🕘 09:00–17:30
📍 International Hotel (AZIMUT), Toshkent, Oʻzbekiston
👨👩👧👦 Forumga koʻkrak bezi saratoni (KBS) va bachadan boʻyni saratoni (BBS) kasalligi boʻlgan ayollar taklif qilinadi. Farzandingizga qarab turuvchilar boʻlmasa, oʻzingiz bilan olib keling — salomatlikka eʼtibor oiladan boshlanadi.
❗️Forumga kirish faqat oldindan roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar uchun amalga oshiriladi. Joylar soni cheklangan.