“Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi start oldi!

Bugun Toshkent shahrida koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratoniga qarshi kurash oyi doirasidagi eng muhim tadbir – “Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi oʻz ishini boshladi.

Bu forum – hayotni asrash, ayollar salomatligini himoya qilish va erta tashxis orqali minglab taqdirlarni saqlab qolishga qaratilgan umumjamiyat harakatidir.

Tadbirda 500 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, yetakchi onkolog va ginekologlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xususiy sektor hamda saraton bilan kurashayotgan ayollar qatnashmoqda.

Forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) tomonidan Yandex Uzbekistan koʻmagida tashkil etildi.

Forum doirasida:

• Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolashga oid mahorat darslari;
• “Tana. Vaqt. Hayot” fotokoʻrgazmasi va “Oʻzgarish” loyihasi;
• Ayollar uchun bepul onkopsixologik yordam dasturi;
• 12 qismdan iborat podkast seriyasi va yangidan ishga tushirilgan axborot portali taqdim etiladi.

Bu forum — nafaqat tibbiyot sohasi vakillarining yigʻini, balki umr, kuch va umid bayramidir. Chunki erta tashxis – hayotni saqlash demakdir!

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.