Erta aniqla — hayotni saqla

Har yili minglab ayollar bachadon boʻyni saratoni tashxisiga duch keladi. Ammo agar kasallik oʻz vaqtida aniqlansa, uni yengish osonroq kechadi.

Nima qilish kerak?

1️⃣ OPV (odam papilloma virusi) testini topshiring.
Agar virus aniqlanmasa, hammasi joyida, shunchaki belgilangan muddatda qayta tekshiruvdan oʻtib tursangiz bas.

2️⃣ Agar virus aniqlansa, PAP-test topshiring.
Tekshiruv vaqtida shifokor bachadon boʻynidan surtma oladi, u laboratoriyada mikroskop ostida tekshiriladi.

3️⃣ Kolposkopiya tekshiruvidan oʻting.
Bu bachadon boʻynini kattalashtiruvchi asbob yordamida koʻrish usuli boʻlib, eng kichik oʻzgarishlarni ham aniqlash imkonini beradi.

💗 Muntazam tekshiruvlar kasallik alomatlari paydo boʻlishidan ancha avval, saraton oldidan paydo boʻladigan oʻzgarishlarni aniqlashga yordam beradi.

🙏🙏 Sogʻligʻingiz oʻz qoʻlingizda. Ginekolog qabuliga tashrifni kechiktirmang: hech boʻlmaganda yiliga bir marta koʻrikdan oʻting va shifokordan koʻkrak bezlarini palpatsiya yoʻli bilan tekshirishni soʻrang.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.