Doktor Mirza Tillashayxov koʻp yillardan buyon bachadon boʻyni saratoni bilan kasallangan ayollarga yordam berib kelmoqda
U har kungi ish jarayonida ayollarning oʻz sogʻligiga eʼtiborli boʻlishi va profilaktikani kechiktirmasligi naqadar muhimligiga qayta-qayta guvoh boʻlmoqda.
Oʻzbekistonda bachadon boʻyni saratoni ayollar orasida eng koʻp uchraydigan onkologik kasalliklar qatorida ikkinchi oʻrinda turadi.
Ammo quvonarli jihati shundaki, bu kasallikning oldini olish mumkin.
🔹 90% hollarda kasallikning paydo boʻlishi odam papilloma virusi (OPV) bilan bogʻliq.
🔹 Bundan ishonchli himoya vositasi esa OPV vaksinasi.
💉 Farzandlaringizni, oʻgʻil-qizlaringizni kasallikka qarshi emlating. Bu ularning sogʻlom kelajagi sari tashlangan eng muhim qadamlaringizdan biri boʻladi.
🙏🙏Erta aniqla — hayotni saqla! Bu shior barchamizning masʼuliyatimizdir.