Butun dunyoda oktyabr “Pushti oy” deb atalishini bilarmidingiz?

Bu tashabbus 90-yillarning boshida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtdayoq pushti lenta ayollar birdamligi va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurash ramziga aylangan. Shundan beri har yili kuzda millionlab ayollar bir-birlariga salomatlikka eʼtiborli boʻlish va muntazam tekshiruvdan oʻtib borish hayotni…

Bu tashabbus 90-yillarning boshida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtdayoq pushti lenta ayollar birdamligi va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurash ramziga aylangan. Shundan beri har yili kuzda millionlab ayollar bir-birlariga salomatlikka eʼtiborli boʻlish va muntazam tekshiruvdan oʻtib borish hayotni saqlab qolishi mumkinligini eslatib kelishmoqda.

Oʻzbekistonda “Pushti oktyabr” oyligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, OAV, Strategik islohotlar agentligi hamkorligida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti, tibbiyot sohasi vakillari, jamoat tashkilotlari, biznes hamda BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Maqsad — ayollarga oʻz salomatligiga vaqtida eʼtibor qaratishga yordam berish, muntazam tekshiruvdan oʻtish, oʻzini-oʻzi tekshirish va erta aniqlash minglab hayotlarni saqlab qolishini eslatishdan iborat.

❗️Koʻkrak bezi saratoni mamlakatimizda ayollar orasida eng koʻp uchraydigan uchta onkologik kasallikdan biri. Afsuski, koʻpincha kasallik kech bosqichlarda aniqlanadi. Lekin agar biz oʻzimiz va atrofimizdagilarga eʼtiborliroq boʻlsak, hammasi boshqacha boʻlishi mumkin.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.