Bu muhim: bachadon boʻyni saratonining oldini olishda jinsiy gigiyenaning ahamiyati

Bachadon boʻyni saratoni — oldini olish mumkin boʻlgan kam sonli onkologik kasalliklardan biridir. Agar ayol oʻz sogʻligiga eʼtibor bersa va muntazam koʻrikdan oʻtib tursa, ushbu kasallikka chalinish xavfi ancha kamayadi.

Kasallikning asosiy sababi odam papilloma virusi (OPV). U jinsiy yoʻl bilan yuqadi va hatto barqaror munosabatlarda ham har qanday ayolga yuqishi mumkin.

Eslab qoling, profilaktika — bu ikki tomonlama masʼuliyat, yaʼni bunda faqat ayol emas, erkak ham eʼtiborli boʻlishi lozim. Xavfni kamaytirishga yordam beradigan omillar:

✅ shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
✅ OPV (odam papilloma virusi)ga qarshi emlanish
✅ ginekologga muntazam tashrif va OPV-testi topshirish
✅ yaqin munosabatlarga ongli yondashuv va oʻzaro hurmat

🩺 Sogʻlikka eʼtiborli boʻlish — bu uyalish kerak boʻlgan mavzu emas, balki voyaga yetgan insonning masʼuliyati. Profilaktika ham oʻzimiz ham juftimizga nisbatan ishonch, eʼtibor va hurmatdan boshlanadi.

🙏🙏 Erta aniqla — hayotni saqla! Bu shior barchamizning masʼuliyatimizdir.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.