Bachadon boʻyni saratonini davolashdagi zamonaviy yondashuvlar

Bugungi kunda bachadon boʻyni saratonini davolash ishlari individual yondashuv tamoyiliga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Shifokorlar hozirda nafaqat kasallik bosqichi va oʻsimta hajmini, balki ayolning umumiy sogʻligi hamda ona boʻlish imkoniyatini saqlab qolish istagini ham inobatga…

Bugungi kunda bachadon boʻyni saratonini davolash ishlari individual yondashuv tamoyiliga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Shifokorlar hozirda nafaqat kasallik bosqichi va oʻsimta hajmini, balki ayolning umumiy sogʻligi hamda ona boʻlish imkoniyatini saqlab qolish istagini ham inobatga olishadi.

Bachadon boʻyni saratonini davolash jarrohlik, tizimli va nur terapiyasi kabi uchta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladi. Mutaxassislar bu usullarni birlashtirgan holda eng samarali davolash sxemasini tanlaydilar.

🇪🇺 2023-yilda Yevropa ginekologik onkologiya jamiyati (ESGO) ESTRO va ESP bilan hamkorlikda bachadon boʻyni saratoni bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha yangilangan tavsiyalarni eʼlon qildi.

Asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratilgan:
◽️ davolash bir nechta yoʻnalish mutaxassislarini oʻz ichiga olgan multidisciplinar jamoa tomonidan rejalashtirilishi kerak;
◽️ bemorlarga davolashning barcha variantlari, xavflari va kutilayotgan natijalari haqida toʻliq maʼlumot berilishi zarur;
◽️ kasallik bosqichini aniqroq belgilash uchun signal limfa tugunlari biopsiyasi (SLN) oʻtkaziladi;
◽️ kimyoterapiya, targetli va immunoterapiya yangicha tartibda qoʻllanilib, davolash samaradorligi oshiriladi.

💗 Zamonaviy protokollar kasallikni davolash bilan birga ayolning hayot sifatini saqlab qolishga ham qaratilgan.

🙏🙏Erta aniqla — hayotni saqla! Bu barchamizning masʼuliyatimizdir.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.