25-oktabr — "Erta aniqla – hayotni saqla" forumi

Forum doirasida Vladimir Vorotnikov bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. U onkolog, mammolog, tibbiyot fanlari nomzodi, “Moskva RJD-Meditsina” markaziy klinik shifoxonasining ayollar reproduktiv tizimi oʻsmalari boʻlimi mudiri.

Doktor Vorotnikov Rossiyaning yetakchi mutaxassislaridan biri boʻlib, koʻkrak bezi saratoni boʻyicha onkoplastik jarrohlik yoʻnalishida faoliyat olib boradi. U zamonaviy jarrohlik imkoniyatlari, operatsiyadan keyingi tiklanish va bemorlarning hayot sifati bilan bogʻliq yangi yondashuvlar haqida soʻz yuritadi.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.