“Tana. Vaqt. Hayot” — hayot, kuch va goʻzallikka bagʻishlangan fotokoʻrgazma

“Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi doirasida noyob fotokoʻrgazma boʻlib oʻtmoqda. Unda koʻkrak bezi saratonidan davolanayotgan yoki sogʻaygan ayollarning hayotiy kuchi, qatʼiyati va ichki goʻzalligiga bagʻishlangan.

Loyiha muallifi — ushbu tashxisni shaxsan boshidan kechirgan fotograf Natalya Ilina, oʻz obyektivida ayollarning jasorat va umid yoʻlini sanʼat tili orqali ifodalagan.

Agar siz hali ham koʻrgazmada boʻlmagan boʻlsangiz, ushbu ilhom manbaiga tashrif buyuring!

📍 Manzil: Bonum Factum Galereyasi

🗓 Koʻrgazma 8-noyabrgacha davom etadi.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.