“Tana. Vaqt. Hayot” foto koʻrgazmasi
“Erta aniqla — hayotni saqla” loyihasi doirasida Natalya Ilyina tomonidan tashkil etilgan “Tana. Vaqt. Hayot” nomli foto koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda.

📸 Ekspozitsiya hayot sinovlarini yengib, oʻzida jasorat va umid topa olgan va saratonga qarshi kurashda gʻalaba qozongan ayollarga bagʻishlangan. Sanʼat va ijtimoiy tushunchalarni bir nuqtada birlashtirgan ushbu koʻrgazma bizga yana bir karra profilaktika va erta tashxis hayotni saqlab qolishini eslatadi.
“Tana. Vaqt. Hayot” foto koʻrgazmasi jadvali:
🗓 25-oktabr kuni “Erta aniqla — hayotni saqla” forumi doirasida
📍 AZIMUT Grand Hotel, Amir Temur shoh koʻchasi, 107A
🕘 9:00–17:00
🗓 26-oktabr – 8-noyabr
📍 Bonum Faktum galereyasi
🙏🙏 Har bir surat nafislik va qatʼiyat, goʻzallik va hayotga ishonch haqida soʻzlaydi.
Sizni hayotga muhabbat kasallikdan kuchli ekanini isbotlay olgan ayollar bilan tanishish, qoʻllab-quvvatlash va his etishga chorlab qolamiz.