Shveysiyaning bachadon boʻyni saratonini butunlay yoʻqotish yoʻlidagi tajribasi

Shvetsiya bachadon boʻyni saratonini ildizi bilan yoʻqotishdek natijaga yaqin kela olgan dunyodagi birinchi mamlakat hisoblanadi. Ushbu onkologik kasallik odam papilloma virusi (OPV) tufayli kelib chiqadi, bu esa dunyodagi eng keng tarqalgan viruslardan biri. Ammo bu kasallikning oldini olish…

Shvetsiya bachadon boʻyni saratonini ildizi bilan yoʻqotishdek natijaga yaqin kela olgan dunyodagi birinchi mamlakat hisoblanadi. Ushbu onkologik kasallik odam papilloma virusi (OPV) tufayli kelib chiqadi, bu esa dunyodagi eng keng tarqalgan viruslardan biri. Ammo bu kasallikning oldini olish mumkin.

Shvetsiyada bunga ommaviy 9PV vaksinasiyasi va COVID cheklovlari davrida skrininglar oʻtkazilmagan paytda joriy etilgan uy sharoitidagi tekshiruv toʻplamlari yordam berdi. Ayollarga test toʻplamlari yuborildi va natijada tibbiy koʻriklardan oʻtish darajasi oshdi.

Shu kabi yondashuvlar yangi kasallik holatlarini kamaytirdi. Mutaxassislar yaqin yillarda Shvetsiya bachadon boʻyni saratonini ijtimoiy muammo sifatida butunlay yengib oʻtishini taʼkidlashmoqda.

💗 Bu misol profilaktika, emlash va erta tashxis haqiqatan ham hayotni saqlab qolishining yaqqol namunasi.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.