“Sen yolgʻiz emassan. Birgalikda biz kuchliroqmiz!”
Saraton bilan kurashayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan qoʻshiqni siz azizlarga ham taqdim qilmoqchimiz.
❕ Erta tashxis qanchalar muhim ekanini unutmang. Sogʻligingiz oʻz qoʻlingizda. Shifokor qabuliga borishni kechiktirmang: hech boʻlmaganda yiliga bir marta koʻrikdan oʻting va ginekologdan koʻkrak bezlarini tekshirishni soʻrang, shuningdek yoshingizga qarab muntazam ravishda UTT yoki mammografiya qildiring.
🎤Mualliflar va ijrochilar: @melodiya.uz