Qiymati bir xil, mohiyati turlicha!

200 000 soʻm — bu biz kosmetika, parvarish vositalari, gap va oʻtirishlar kabi xarajatlarga sarflab yuboradigan summa. Ammo xuddi shu mablagʻga mammografiya yoki koʻkrak bezi UTT tekshiruvidan oʻtsa ham boʻladi va aynan shu koʻrik hayotni saqlab qolishi mumkin.

❗️Bu juda muhim:
• UTT — asosan, 45 yoshgacha boʻlgan ayollar uchun. U tugunlarni erta aniqlaydi va kistalarni qattiq oʻzgarishlardan farqlashga yordam beradi.
• Mammografiya — 45 yoshdan oshgan ayollar uchun. U mikrooʻchoqlar va kaltsinatlarni dastlabki bosqichda aniqlash imkonini beradi.
• Muntazam koʻriklar — davolanish samaradorligini oshiradi va oʻzingizga nisbatan gʻamxoʻrlikning eng yaxshi ifodasi hisoblanadi.

👩‍⚕️ Tajribali mammologlar sizni eʼtibor bilan professional tarzda koʻrikdan oʻtkazadilar, zarur tekshiruvlarni tayinlaydilar va keyingi bosqichlar boʻyicha tavsiyalar beradilar.

💌 Siz kuchli, jasur va eʼtiborga loyiq insonsiz. Sogʻligʻingizni asrang, bu oʻzingizga boʻlgan muhabbatning eng goʻzal ifodasi💗

📌 Post maʼlumot berish maqsadida yozilgan va shifokor konsultatsiyasi oʻrnini bosmaydi.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.