Qiyin paytda ayolingizga qanday suyanch boʻlishni bilmayapsizmi?
Ayol onkologik kasallikka duch kelganda, turmush oʻrtogʻining yelkadoshligi uning eng ishonchli tayanchiga aylanadi. Turmush oʻrtogʻi davolanish jarayonidan oʻtishda, oʻziga ishonchni saqlab qolishda va yolgʻiz emasligini his etishda katta rol oʻynaydi. Quyidagi oddiy, ammo juda muhim qadamlarga…

Ayol onkologik kasallikka duch kelganda, turmush oʻrtogʻining yelkadoshligi uning eng ishonchli tayanchiga aylanadi. Turmush oʻrtogʻi davolanish jarayonidan oʻtishda, oʻziga ishonchni saqlab qolishda va yolgʻiz emasligini his etishda katta rol oʻynaydi. Quyidagi oddiy, ammo juda muhim qadamlarga eʼtibor bering:
🌸 Yonida boʻling
“Toʻgʻri soʻzlarni” topishga urinmang — yonida boʻlishingizning oʻzi unga kuch bagʻishlaydi.
🌸 Uni tinglang
Unga soʻzlash, hislarini ifoda etish uchun qancha istasa shuncha vaqt bering.
🌸 Uy yumushlarida yordamlashing
Taom pishirish, xarid qilish, shifokor qabuliga yozilish kabi kichik ishlar ham katta yengillik beradi.
🌸 Kasallik haqida gaplashishdan qochmang
Bu mavzuda ehtiyotkorlik bilan, ammo ochiq gaplashing. Agar qiyin boʻlsa, birgalikda psixolog yordamiga murojaat qiling.
🌸 Oʻzingizni ham asrang
Tayanch boʻlish uchun avvalo oʻzingizning holatingizni nazorat qiling. Dam olish va kuch yigʻish uchun vaqt ajrating.
Mehr — faqat soʻzlarda emas. Bu eʼtibor, qoʻllov va yordamda tayyorlikda.
🙏🙏 Erta aniqla — hayotni saqla! Bu shior barchamizning masʼuliyatimizdir.