Oxirgi marta qachon koʻkrak bezlarini UTT tekshiruvidan oʻtkazdingiz?
Ushbu videoda Respublika Onkologiya Markazining UTT shifokori Zarina Ziyayeva koʻkrak bezlarini muntazam tekshirtirib turish va oʻz vaqtida UTTdan oʻtishning ahamiyati haqida oʻz fikrini boʻlishdi.
Doimiy tekshiruvlar oʻzgarishlarni erta bosqichlarda aniqlashga yordam beradi va davolash jarayoni yanada samarali oʻtadi. Oʻzingizga boʻlgan gʻamxoʻrlikni keyinga qoldirmang — salomatligingiz oʻz qoʻlingizda! 💗