Koʻkrak salomatligi haqida nimalarni bilish kerak?
Koʻkrak saratoni — bu sut bezida hosil boʻladigan oʻsmali kasallik. U koʻkrak toʻqimalaridagi hujayralarning nazoratsiz koʻpayishi natijasida rivojlanadi. Ammo muntazam tibbiy koʻriklar yordamida kasallikni erta bosqichda aniqlash mumkin.

Buning uchun quyidagilarga eʼtibor bering ➡️
📌Erta tashxis va muntazam koʻrik — eng samarali profilaktika usuli.
— 30 yoshgacha muntazam ginekolog koʻrigi
— 30–44 yoshda sut bezlarining UTT (UZI) tekshiruvi
— 45–65 yoshda mammografiya
🙏🙏 Sogʻligingiz — oʻz qoʻlingizda. Ginekolog koʻrigidan oʻtishni ortga surmang: hech boʻlmaganda yiliga bir marta koʻrikdan oʻting va shifokordan koʻkrak bezlarini palpatsiya orqali tekshirishini soʻrang.