Gʻamxoʻrlik hammani birlashtiradi
BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi fondi (UNFPA) “Erta aniqla — hayotni saqla” dasturini qoʻllab-quvvatladi va uning xalqaro hamkori sifatida ishtirok etmoqda.

UNFPA bilan hamkorlik tufayli biz har bir ayol gʻamxoʻrlik, eʼtibor va erta diagnostika imkoniga ega boʻlishi uchun shifokorlar, psixologlar va jamoat tashkilotlarini bir nuqtaga birlashtiryapmiz.
🙏🙏 Sogʻligingiz oʻz qoʻlingizda. Ginekologga tashrifni kechiktirmang: hech boʻlmaganda yiliga bir marta koʻrikdan oʻting va shifokordan koʻkrak bezlarini palpatsiya orqali tekshirib berishni soʻrang.
🙏🙏Erta aniqla — hayotni saqla! Bu barchamizning masʼuliyatimizdir.