“Erta aniqla — hayotni saqla” dasturini qoʻllab-quvvatlang!

Birgina suhbat, birgina plakat yoki ijtimoiy tarmoqlardagi bitta post kimningdir onasi, singlisi yoki dugonasining hayotini saqlab qolishi mumkinligi haqidagi eslatma.

💗 Biznes egalari, brendlar va kompaniyalarni ayollar onkologik kasalliklarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni keng tarqatish tashabbusiga qoʻshilishga chorlaymiz.

📍 Biz bepul bosma va raqamli materiallar tayyorladik — plakatlar, stikerlar va eslatmalarni doʻkonlarda, salonlarda, ofislarda, klinikalarda va fitnes markazlarida joylashtirish mumkin. Bu hayotni saqlab qolishga qoʻshiladigan oddiy, ammo samarali hissangiz boʻladi.

Korzinka, Safia, Bon, Ozbechka, Kimmy Lab, Benedict va boshqa brendlar allaqachon biz bilan. Siz ham ushbu mehr doirasining bir qismiga aylaning💞

❕Qogʻozga chiqaring, ilib qoʻying, elektron nusxasini mijozlaringizga yuboring. Bu oddiy harakatlar kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin.

📩 Materiallarni havola orqali yuklab oling va sahifangizda joylashtiring yoki bosma shaklda tayyorlab, oʻz hududingizda tarqating.

Toki “Erta aniqla — hayotni saqla” shiori koʻproq ayollarga kuch bagʻishlasin!

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.