Bepul mammolog koʻrigi — sogʻligʻingizni asrash yoʻlidagi muhim qadam!

Har bir ayol oʻzi va sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilishi lozim. Koʻkrak bezini erta koʻrikdan oʻtkazish oʻz vaqtida oʻzgarishlarni aniqlashga va hayotni saqlab qolishga yordam beradi.

Bepul mammolog koʻrigi vaqtlari:
📅 13, 14 va 15-oktabr
🏥 Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
⏰ 8:30–14:00
📋 Qabulga yozilish talab qilinmaydi

Koʻrik davomida:
• Tajribali shifokorlar tomonidan koʻkrak bezi palpatsita tekshiruvi
• Zarurat tugʻilganda — UTT yoki mammografiya
• Mutaxassislarning maslahat va tavsiyalari

👩‍⚕️ Yetakchi shifokorlar: Aziza Tasheva va hamkasblari har bir bemorga gʻamxoʻrlik va eʼtibor bilan yondashishadi.

Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 132A-uy.

🙏🙏 Mammolog qabulini ortga surmang — bu tashrif oʻzingizni qanchalar qadrlashingiz va naqadar irodali ekaningizni koʻrsatadi. Biz har bir ayolni qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki sizning sogʻligʻingiz eng qimmat boylikdir!

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.