15-oktyabr — Xalqaro koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurash kuni

Ushbu sana Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan “Pushti oktyabr” kampaniyasi doirasida belgilangan. Bu tashabbus 1985-yilda Amerika onkologiya jamiyati va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan olgʻa surilgan.

🙏🙏Kampaniyaning ramziga aylangan pushti lenta belgisi 1992-yilda Evelin Lauder (Estée Lauder kompaniyasi vitse-prezidenti) tomonidan taklif qilingan boʻlib, bugun u butun dunyo boʻylab millionlab insonlarni birlashtirib turadi.

Koʻkrak bezi saratoni ayollar orasida eng koʻp uchraydigan onkologik kasalliklardan biri, biroq muntazam tekshiruv orqali uni erta bosqichda aniqlash mumkin. Tekshiruv atigi bir necha daqiqa davom etadi, lekin aynan u sogʻligʻingizni va hayotingizni asrab qolishi mumkin.

💜 Oʻzimizga gʻamxoʻrlik qilish har birimizning masʼuliyatimizdir.

Barchasi: Yangiliklar

Portal kontentini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ularni n.akhatov@asr.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni soʻraymiz.