25 oktyabr "ERTA ANIQLA - HAYOTNI SAQLA" forumi

AZIMUT GRAND HOTEL.

O‘zbekiston, Toshkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107A

25 oktyabr

Erta tashxis hayotni saqlab qoladi

Bachadon bo'yni va ko'krak saratoni bilan kurashish bo'yicha davlat dasturi

Erta tashxis hayotni saqlab qoladi

Loyiha haqida

Erta aniqla – hayotni saqla portali erta tashxis minglab hayotlarni saqlab qolishi mumkinligini eslatish uchun yaratilgan. Bu yerda siz qaysi tekshiruvlardan o‘tish kerakligini, bepul skriningni qayerda qilish mumkinligini va sog‘lig‘ingizga qanday g‘amxo‘rlik qilishni bilib olasiz.

Erta aniqla – hayotni saqla portali — onkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash bo‘yicha kompleks tizimning bir qismi bo‘lib, PQ-402-sonli “Onkologik yordam tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori doirasida olib borilayotgan davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Portal ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan ikki turdagi saraton kasalligi — sut bezi saratoni (SBS) va bachadon bo‘yni saratoni (BBS) ga bag‘ishlangan.

Har bir ayol bilishi kerak: vaqtida aniqlangan saraton — muvaffaqiyatli davolanadi.