PQ 402

Davlat dasturi — PQ-402

2024-yil 22-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402-sonli Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida'gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat mamlakatimizda bachadon bo'yni saratoni va sut bezi saratonini erta aniqlash, oldini olish hamda davolashning yagona zamonaviy tizimini yaratishga qaratilgan.

Dastur 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi

  • Muntazam skriningga taklif etish maqsadida 30-65 yoshdagi ayollarning elektron bazasini shakllantirish;
  • Davlat byudjeti hisobidan bepul tekshiruvlar o'tkazish;
  • Bachadon bo'yni saratonini aniqlash maqsadida 30-50 yosh oralig'idagi ayollarni VPH-testi va suyuqlik sitologiyasi usuli bilan tekshirish;
  • Sut bezi saratoni skriningi:
  • 30-44 yoshda — sut bezining UTT tekshiruvi,
  • 45-65 yoshda — mammografiya;
  • Skrining natijasida kasallik aniqlangan bemorlarni davlat tibbiyot muassasalarida bepul davolash;
  • Muvofiqlashtirish kengashini tashkil etish va yagona elektron monitoring tizimini joriy etish.

PQ-402 doirasida butun mamlakat bo‘ylab tibbiy uskunalar yangilanmoqda, laboratoriyalar va mammografiya tasvirlarini tahlil qilish markazlari tashkil etilmoqda, mutaxassislar tayyorlanmoqda va xalqaro klinik protokollar joriy qilinmoqda.

Dastur bilan tanishish: https://www.lex.uz/ru/docs/7232847