- Bosh sahifa
- Ma'lumotnoma
- Sut bezi saratoni
- Skrining
- Ko‘krak bezlarini ko‘rikdan o‘tkazish va o‘z-o‘zini tekshirish
Ko‘krak bezlarini ko‘rikdan o‘tkazish va o‘z-o‘zini tekshirish
Shifokor ko'rigi
Qabul vaqtida shifokor (ginekolog, mammolog yoki onkolog) sizdan quyidagilar haqida so'raydi: yaqin qarindoshlaringizda ko'krak bezi saratoni bo'lganmi, hayz qachon boshlangan va tugagan, oxirgi hayz qachon bo'lgan, homiladorlik va emizish qanday o'tgan, hozirda qanday dori vositalari qabul qilinmoqda. Bu ma'lumotlar shifokorga xavf omillarini baholashda yordam beradi.
Agar siz ko'kragingizda o'zgarishlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga albatta xabar bering. Ayniqsa, bu o'zgarishlar hayz davri bilan bog'liqligini, ya'ni ma'lum kunlarda kuchayishi yoki o'tib ketishini aniqlashtirish muhim.
Ko'rik vaqtida shifokor ko'krakni va qo'ltiq osti sohasini diqqat bilan ko'zdan kechiradi va paypaslab tekshiradi. Kattalashgan limfa tugunlari yallig'lanish yoki o'smaning tarqalganini ko'rsatishi mumkin va qo'shimcha tekshiruvni talab qiladi.
Aniqroq natijaga erishish uchun shifokor sizdan turish, o'tirish yoki yotish holatida bo'lishingizni so'rashi mumkin. Agar tekshiruv paytida og'riq yoki noqulaylik sezsangiz, bu haqida darhol shifokorga ayting.
O'z-o'zini tekshirish kerakmi
O'z-o'zini tekshirish ko'krak bezi saratonini erta aniqlash usuli hisoblanmaydi. Shunga qaramay, bu usul foydali bo'lishi mumkin: u sizga ko'kragingizning holatini yaxshiroq bilishga va o'zgarishlarni erta payqashga yordam beradi.
O'z-o'zini tekshirishni qanday bajarish kerak
Ko'krak to'qimasi hayz sikli bosqichlariga qarab o'zgaradi, shuning uchun eng qulay vaqt hayz boshlanganidan 5–7 kundan keying kun hisoblanadi. Menopauzadagi ayollar har oyda bir xil sanani tanlab, shu kuni tekshiruvni o'tkazishlari tavsiya etiladi.
Avval oynaga qarab, qo'llaringizni pastga tushirib turing. Ko'krak shakliga, simmetriyasiga, teri va so'rg'ich holatiga e'tibor bering. So'ng qo'llaringizni bosh orqasiga qo'yib, yana ko'kragingizni ko'rib chiqing.
Keyingi bosqich — paypaslab tekshirish. Eng qulay holat — yotgan holda, chunki bu paytda ko'krak to'qimasi bir tekis tarqaladi va teri tuzilishini yaxshiroq sezish mumkin. Tekshiruvni dushda, qo'l va ko'krak terisini sovunlab, barmoqlarni osonroq harakatlantirish uchun ham bajarish mumkin. Barmoqlaringiz uchlari bilan yumshoq bosib, ko'krakning barcha qismlarini birma-bir tekshiring. Buni yuqoridan pastga, aylana shaklida yoki markazdan tashqariga qarab amalga oshirish mumkin — go'yo ko'krakni bir nechta sektorlarga bo'layotgandek.
Shundan so'ng ehtiyotlik bilan so'rg'ichni bosing va suyuqlik bor yoki yo'qligini tekshirib ko'ring. Keyin qo'ltiq osti sohasini paypaslab chiqing.
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak
Agar o'z-o'zini tekshirish vaqtida quyidagi o'zgarishlardan birini sezsangiz, shifokorga murojaat qilishni kechiktirmang:
- ko'krak shakli yoki hajmining o'zgarishi
- qattiqlik yoki shish paydo bo'lishi
- teri holatining o'zgarishi — ichkariga tortilish, qizarish, quruqlashish
- so'rg'ichning tortilishi yoki joyining o'zgarishi
- so'rg'ichdan suyuqlik chiqishi
Xulosa
O'z-o'zini tekshirish professional skrining o'rnini bosa olmaydi, lekin o'z tanangizni yaxshiroq bilishga yordam beradi. Agar siz o'z tanangizning normal holatini bilsangiz, har qanday o'zgarishni erta payqaysiz va o'z vaqtida shifokorga murojaat qilasiz.
Shifokor bilan maslahatlashing
Bizning maqolalarimiz dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga muvofiq yozilgan. Materiallarimizni tayyorlashda biz amaliyotchi shifokorlar bilan maslahatlashamiz va nufuzli manbalarga murojaat qilamiz. Biroq, bizning barcha matnlarimiz maslahat xarakteriga ega va mutaxassisga tashrif buyurishni almashtirmaydi.
Bachadon bo‘yni saratoni
Bachadon bo‘yni saratoni (BBS) —oldini olish mumkin bo‘lgan ayollarda uchraydigan saraton turlaridan biridir. Bu bo‘limda kasallikning oldini olish, skrining, tashxis va davolash bo‘yicha asosiy savollarga javoblar jamlangan. Biz BBS nima ekanligini, PAP-test nima uchun kerakligini va kolposkopiya qanday o‘tkazilishini tushuntiramiz. Bu yerda siz aniq izohlar, muntazam tekshiruv bo‘yicha tavsiyalar va zamonaviy davolash usullari haqida ma’lumot topasiz.
Sut bezi saratoni
Sut bezi saratoni (SBS) — ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasallikdir. Ushbu bo‘limda SB bo‘yicha eng muhim savollarga javoblar jamlangan: tashxis, davolash va kasallikdan so‘ng qayta tiklanish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Biz dastlabki belgilarni qanday aniqlash, mavjud tekshiruv usullari va tashxis qo‘yilgandan keyin nima qilish kerakligini sodda tilda tushuntiramiz.
